«bolalar bog‘chasi» tegli maqolalar


Jizzaxdagi oilaviy bog‘chada qarovsiz qolgan bola ariqqa tushib ketib, vafot etdi
19 fevral 2024, 15:10

Jizzaxdagi oilaviy bog‘chada qarovsiz qolgan bola ariqqa tushib ketib, vafot etdi

Do‘stlik tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2−3 nafar bola nazoratsiz qolishi tufayli ko‘chaga chiqib ketdi. Ularning biri ariqqa tushib ketib, vafot etdi. Holat yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Maktabgacha ta’lim agentligi mazkur bog‘cha yopilishini ma’lum qildi.

Angrendagi uchta bolalar bog‘chasida 18 nafar tarbiyalanuvchi diareya bilan shifoxonaga yotqizildi
14 sentabr 2023, 21:20

Angrendagi uchta bolalar bog‘chasida 18 nafar tarbiyalanuvchi diareya bilan shifoxonaga yotqizildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida uchta bolalar bog‘chasining 18 nafar tarbiyalanuvchisi ich buzilishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vaziyatni nazoratga oldi.

Andijondagi bog‘chada bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi
4 sentabr 2023, 12:29

Andijondagi bog‘chada bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

Marhamat tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi bolalar tanasining turli qismlariga tarsaki tushirgani aniqlandi. U lavozimidan ozod etilib, bog‘cha rahbariyatiga intizomiy chora qo‘llandi.

Toshkentda bog‘cha direktorining o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
4 may 2023, 19:23

Toshkentda bog‘cha direktorining o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

“Gazeta.uz” surishtiruvidan so‘ng Toshkentdagi bog‘cha direktorining 15 yoshli o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. IIV tergov davom etayotganini, Bosh prokuratura va Maktabgacha ta’lim agentligi holat qat’iy nazoratga olinganini bildirdi.

Toshkentdagi bog‘cha direktorining 15 yoshli o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda
4 may 2023, 15:59

Toshkentdagi bog‘cha direktorining 15 yoshli o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda

Chilonzordagi 230-sonli bolalar bog‘chasida direktorning 15 yoshli o‘g‘li 4 nafar qizchaga, ular uxlashga yotgan vaqtida tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Bunga kamida 3−4 nafar bola guvoh bo‘lib qolgan. Direktor esa buni “tuhmat” deb atamoqda va qizchalarning o‘zini tarbiyasizga chiqardi. “Gazeta.uz” surishtiruvi.

Tarbiyalanuvchisi suvga cho‘kib ketgan bolalar bog‘chasining rahbar va xodimlari javobgarlikka tortiladi
6 sentabr 2022, 22:24

Tarbiyalanuvchisi suvga cho‘kib ketgan bolalar bog‘chasining rahbar va xodimlari javobgarlikka tortiladi

Farg‘ona viloyatida tarbiyalanuvchisi qarovsizlik oqibatida chiqib ketib, suvga cho‘kib vafot etgan bolalar bog‘chasining barcha mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. MTTda talon-toroj holatlari ham aniqlangan.

Samarqandda bolalar bog‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi
4 oktabr 2021, 16:47

Samarqandda bolalar bog‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand shahridagi bog‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Surxondaryoda bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
8 aprel 2021, 10:07

Surxondaryoda bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Surxondaryoda bolalarga baqirib, qo‘pol ravishda muomala qilgan tarbiyachining videosi tarqalganidan so‘ng, u vazifasidan ozod etildi. Yordamchi tarbiyachiga nisbatan intizomiy hayfsan jazo chorasi qo‘llandi.

Xorazmda bog‘cha bolalarini yupun kiyimda tadbirga chiqarganlarga intizomiy jazo qo‘llaniladi
23 mart 2021, 17:38

Xorazmda bog‘cha bolalarini yupun kiyimda tadbirga chiqarganlarga intizomiy jazo qo‘llaniladi

Xorazm viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida bolalar yupun kiyimlarda ishtirok etgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgach, xodimlarga intizomiy chora ko‘rilishi ma’lum qilindi. Mas’ul tashkilot tadbir kuni ob-havo issiq bo‘lganini ta’kidlamoqda. Biroq suratda mutasaddilar bolalarga qaraganda issiqroq kiyimda ekanligini ko‘rish mumkin.

Bolalar bog‘chasi direktori 6 yilda 983,5 mln so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi
24 yanvar 2021, 20:15

Bolalar bog‘chasi direktori 6 yilda 983,5 mln so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi

Zangiota tumanidagi davlatga qarashli bolalar bog‘chalarining birida direktor 2014 yildan beri 37 nafar haqiqatda ishlamagan shaxsga oylik hisoblagani aniqlandi. U tegishli hujjatlarga soxta ma’lumotlarni kiritib, asli yo‘q ishchilarning oyliklarini plastik kartaga tushirish orqali o‘zlashtirgan.

Bog‘cha yoshidagi 2,7 mln bolaning qariyb 61 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan
13 yanvar 2021, 00:18

Bog‘cha yoshidagi 2,7 mln bolaning qariyb 61 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan

Respublikada mavjud bolalar bog‘chasiga 2,7 mln bolaning qariyb 61 foizi qatnaydi. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 27,7 foiz bo‘lgan. Ular bilan esa jami 116 996 nafar pedagog shug‘ullanadi. Prezident 2023-yilda maktabgacha ta’lim qamrovini 75 foizga yetkazish topshirig‘ini bergan.

Navoiyda ishga tushmay ta’mirtalab bo‘lib qolgan MTT bo‘yicha izoh berildi
20 oktabr 2020, 16:58

Navoiyda ishga tushmay ta’mirtalab bo‘lib qolgan MTT bo‘yicha izoh berildi

Navoiy viloyati Konimex tumanidagi bolalar bog‘chasining yorilgan devori 4 mlrd so‘mga qurilgan yangi binoning ichki qismi ekani tasdiqlandi. Viloyat hokimligining maxsus komissiyasi esa ochilishdan oldin binoni qabul qilib olgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting